Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

пятница, 26 декабря 2014 г.

Kelajakdan hikoya yohud bog'bon falsafasi



Qadim o'tgan zamonlarda yuzlaridan nur porlab turadigan Mehrbek degan bir nuroniy donishmand faylasuf bo'lgan ekan. Bir kuni u bog'ida daraxtlarni parvarishlab o'tirganda, quvnoq, sho'x-shodon, shiringina nabirasi Mehribonu yugurib kelib katta-katta ko'zchalarini yaltiratib Assalomu alaykum bobojon debdi va so'rabdi: -- "Bobojonim nimaga daraxtlarni shohini kesyapsiiz, joni og'rimaydimiii". Donishmand Mehrbek esa yurtimiz keksalariga xos mayin tabassum bilan, -- Qizalog'im men daraxtning faqat qurigan, kelgusi faslda unga foyda bermaydigan, faqat kuchini olib, chiroyi va quvvatiga zarar keltiradigan shohlarini kesib parvarish qilyapman. Qara, men unga kelgusi baxorda foydali shohlarni qoldiryapman. Yozda sizlar mevalaridan baxramand bo'lasizlar. Hayot ham shunday. Agar biz ham kelajakda o'zimizga foyda bermaydigan, faqat quvvatimizni olib bizga va atrofimizdagilarga ziyon keltiruvchi amallar va harakterlarimizni yo'qotmasak kelajakda ular bizga ziyon yetkazadi qizalog'im.Bog'bon novdalar shohini parvarishlagani singari biz ham o'zimizni parvarishlab borsak, kelgusida komil inson bo'lib yetishamiz qizalog'im Mehribonu" debdi. Mehribonu esa bobojonini kelayotgan "Keksalarni e'zozlash yili" bilan tabriklab chiroyli jilmayib tabassum hadya qilibdi. Siz ham yaqinlaringizga shirin tabassum hadya qilishdan charchamang. Yaxshilik qilish qiyin emas, buning uchun birgina samimiy tabassumning o'zi yetarli bo'lishi mumkin.
Zero, sizning birgina tabassumingiz kimningdir butun dunyosini baxtga to'ldiradi. Kelajak yoshlar qo'lida, yoshlar madaniyati esa keksalar qo'lida. Keksalarni ko'rib kelish yoshlarning farzi. Mening bobo va buvilarim olamdan o'tib ketishgan. Agar sizlarning keksa yaqinlaringiz hayot bo'lsa tez-tez ularni yo'qlab habar olib turing. Hammamiz bilamizku bu ularni shod qilishini. Buvilarimning duolari, o'gitlari, kulib turgan chexralari hali ham bugungiday esimda. Ularda qandaydir ilohiylik bor. Keksaygan yaqinlaringizning diydoridan to'yib to'yib baxra oling. Biz bolalar o'yini yoshlik beboshligi natijasi deyishga o'rganib qolganmiz. Unda "Qariyalar o'yi" nimaning natijasi ekan. Ular qaysi vijdon bilan o'z yaqinlarini "qariyalar o'yi"ga qo'yisharkin (bunga majburlar mustasno, albatta). Ayni keksalik gashtini suradigan, farzand, nabira, chevaralarini erkalab baxtni his qiladigan yoshida ular sog'inch ummonida suzishga majburlar. Balki, shunisi ham yaxshidir bunday noqobil farzandlar yonida bo'lgandan. Yozaman desa gap ko'p. Muhimi, hatolarimizdan to'g'ri hulosa chiqara olishimiz. Menimcha, bu sizga qiyin emas. Chunki siz boshqa, o'zingiz tanimagan insonning fikrlarini sabr bilan o'qiy oldingiz. Etiboringiz uchun raxmat. Kelayotgan "Keksalarni e'zozlash" yili muborak bo'lsin!!!

Комментариев нет:

Отправить комментарий