Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

пятница, 26 декабря 2014 г.

Kelajakdan hikoya yohud bog'bon falsafasi



Qadim o'tgan zamonlarda yuzlaridan nur porlab turadigan Mehrbek degan bir nuroniy donishmand faylasuf bo'lgan ekan. Bir kuni u bog'ida daraxtlarni parvarishlab o'tirganda, quvnoq, sho'x-shodon, shiringina nabirasi Mehribonu yugurib kelib katta-katta ko'zchalarini yaltiratib Assalomu alaykum bobojon debdi va so'rabdi: -- "Bobojonim nimaga daraxtlarni shohini kesyapsiiz, joni og'rimaydimiii". Donishmand Mehrbek esa yurtimiz keksalariga xos mayin tabassum bilan, -- Qizalog'im men daraxtning faqat qurigan, kelgusi faslda unga foyda bermaydigan, faqat kuchini olib, chiroyi va quvvatiga zarar keltiradigan shohlarini kesib parvarish qilyapman. Qara, men unga kelgusi baxorda foydali shohlarni qoldiryapman. Yozda sizlar mevalaridan baxramand bo'lasizlar. Hayot ham shunday. Agar biz ham kelajakda o'zimizga foyda bermaydigan, faqat quvvatimizni olib bizga va atrofimizdagilarga ziyon keltiruvchi amallar va harakterlarimizni yo'qotmasak kelajakda ular bizga ziyon yetkazadi qizalog'im.Bog'bon novdalar shohini parvarishlagani singari biz ham o'zimizni parvarishlab borsak, kelgusida komil inson bo'lib yetishamiz qizalog'im Mehribonu" debdi. Mehribonu esa bobojonini kelayotgan "Keksalarni e'zozlash yili" bilan tabriklab chiroyli jilmayib tabassum hadya qilibdi. Siz ham yaqinlaringizga shirin tabassum hadya qilishdan charchamang. Yaxshilik qilish qiyin emas, buning uchun birgina samimiy tabassumning o'zi yetarli bo'lishi mumkin.
Zero, sizning birgina tabassumingiz kimningdir butun dunyosini baxtga to'ldiradi. Kelajak yoshlar qo'lida, yoshlar madaniyati esa keksalar qo'lida. Keksalarni ko'rib kelish yoshlarning farzi. Mening bobo va buvilarim olamdan o'tib ketishgan. Agar sizlarning keksa yaqinlaringiz hayot bo'lsa tez-tez ularni yo'qlab habar olib turing. Hammamiz bilamizku bu ularni shod qilishini. Buvilarimning duolari, o'gitlari, kulib turgan chexralari hali ham bugungiday esimda. Ularda qandaydir ilohiylik bor. Keksaygan yaqinlaringizning diydoridan to'yib to'yib baxra oling. Biz bolalar o'yini yoshlik beboshligi natijasi deyishga o'rganib qolganmiz. Unda "Qariyalar o'yi" nimaning natijasi ekan. Ular qaysi vijdon bilan o'z yaqinlarini "qariyalar o'yi"ga qo'yisharkin (bunga majburlar mustasno, albatta). Ayni keksalik gashtini suradigan, farzand, nabira, chevaralarini erkalab baxtni his qiladigan yoshida ular sog'inch ummonida suzishga majburlar. Balki, shunisi ham yaxshidir bunday noqobil farzandlar yonida bo'lgandan. Yozaman desa gap ko'p. Muhimi, hatolarimizdan to'g'ri hulosa chiqara olishimiz. Menimcha, bu sizga qiyin emas. Chunki siz boshqa, o'zingiz tanimagan insonning fikrlarini sabr bilan o'qiy oldingiz. Etiboringiz uchun raxmat. Kelayotgan "Keksalarni e'zozlash" yili muborak bo'lsin!!!

четверг, 25 декабря 2014 г.

Omad va omadsizlik.

Bir kuni bir joyda omad va omadsizlik haqida muhokama ketayotgan ekan. Men ham qiziqib o'z fikrimni yaratdim. Men usha fikrlarimdan shunchaki nusxa ko'chirib, sizlarga taqdim qilyapman. Bu shunchaki meni fikrlarim...



Omad-kutilmagan
mehmon...
Kutilmagan mehmon esa xudo tomonidan
yuborilgan sovg'a...
Bunday sovg'a xudo tomonidan
faqat munosiblarga, yani
kuchlilarga yuboriladi.

Omadsizlik-ogohlantirish...
Ogohlantirishdan to'g'ri
saboq chiqarilmasa
mag'lubiyat saboqni
davom ettiradi...
Mag'lubiyatdan ham
xulosa chiqarilmasa
demak unda  mag'lubiyat
ham omadsizlik ham
 bo'lmagan...
Unda avvaldan HECH
NARSA BO'LMAGAN...


вторник, 23 декабря 2014 г.

¤¤¤Sharshara¤¤¤
Inson qalbi xuddi
sharsharaga o'xshaydi
sharshara suvi
tepadan pastga tushar
ekan toshdan toshga
urilib tushadi. Shu
sababli shirin bo'ladi
inson esa qancha
chuqur o'ylasa va fikr
qilsa uning qalbidan
shuncha ma'noli va
shirin so'zlar chiqadi. Inson qanchalik sinovlardan o'tib o'z maqsadi sari intilsa, u  toshni parchalay oladigan sharsharadek qudratli bo'ladi. O'z yo'lingizni aniqlab oling va maqsadingiz sari sharsharadek intiling, boshingiz toshga tegsa ham.