Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

понедельник, 29 сентября 2014 г.

Insho va hayot

   
Ayrimlarga qiziq tuyulishi mumkin,ayrimlar yozganlarimni o'qimasdan ham nima demoqchi ekanimni tushunar lekin men hayotni doim inshoga o'xshataman. Insho va hayot ko'p tonomlama bir biriga o'xshash tushunchalar. Quyida men nima demoqchi ekanimni tushuntirishga harakat qilaman.
     Barchamiz bolaligimizda maktabda insho yozganmiz. Insho quyidagi qismlardan iborat bo'ladi:
     1) Insho mavzusi
     2) Insho rejasi
     3) Insho uchun epigraf
     4) Kirish
     5) Asosiy qism
     6)Xulosa...
            (va albatta muallim bahosi)
     Endi uning hayotga o'xshash tomonlari va hayotimizda undan o'rganish kerak bo'lgan tomonlar haqida ikki og'iz fikrlashsak. Insho mavzusi: inshoni tizimlashtiruvchi asosiy unsur. Usiz yozilgan insholar eng past bahoga ham arzimaydi. Hayotda ham ma'lum maqsad qo'yilmay harakat qilish yuqoriroq cho'qqilarga olib kelmaydi. Hayot tartibsiz ko'rinish oladi.
    Insho epigrafi(maqol bayt, misra, hikmatli so'z) yana bir muhim unsur. Unda inshodagi asosiy g'oya, mazmun ochib beriladi.  Inshoni chiroyli qiladi. O'z hayotingizda ham maqsad sari yo'lda ma'lum qoida yaratib olsangiz va unga doim amal qilsangiz hayotingiz yanada chiroyli bo'ladi.
     Inshodagi keyingi qismlar kirish, asosiy qism va xulosa. Hayotda kirish qism bu mustaqil hayotga kirganimizda boshlanadi. Bu taxminan oliy o'quv yurtiga kirgan davrga to'g'ri keladi. Hayotdagi asosiy qism bu ish faoliyati davriga to'g'ri keladi. Va, nihoyat, keksalik davrida hayotda ko'rganlarimizdan xulosa chiqaramiz. Faqat biz emas hayot inshomizni ko'rgan hamma atrofimizdagilar xulosa chiqaradi.
     Yakunda esa oliy hakam, haqiqiy muallimimiz "hayot insho"mizni baholaydi. Bu baho qanday bo'lishi o'z qo'limizda. Baho bizni jarga qulatmasligi uchun hozirdan o'zimizni ortiqcha bekorchi amallardan tiyishimiz kerak. Bor kuchimiz bilan hayot xatolarimizdan xulosa chiqarishimiz kerak(Bu gaplar birinchi navbatda o'ziga ham tegishli ekanini yuqoridagi matn  muallifi unutmasin!!! O'zimga gapirdim).
     Hayot nomli inshoni mazmunli yozish uchun harakatni hozirdan boshlang!!!
               Etiboringiz uchun rahmat!!!
   
   

четверг, 25 сентября 2014 г.

Shaxsiy va umumiy


 
 Hozirgina xayol osmonida suzayotib bir hikoyacha tuzib qo'yibman. Albatta, uni hikoya deb atayotganim uchun professional hikoyanavislardan uzr so'rayman. Lekin meni olamimda u hikoya nomiga munosib ko'rildi...

     Uzoq kelajak zamonda bir tadqiqot o'tkazilibdi. Unda har bir kasb egalaridan o'zlari uchun foydasiz narsani yo'qotish so'ralibdi...

     Shu yerda hikoya tamom. Buni hikoya ham deb bo'lmaydi, ammo nima hamma uchun foydali ekanini aniqlash uchun shunday tadqiqot o'tkazilsa natija qanday bo'ladi deb o'ylaysiz...
   Men ayrim tuyg'ulargina saqlanib qolsa kerak deb o'ylayman(ona mexri, ishonch, etibor harakat, sog'lik). Bu shunchaki hozirgina men ish bilan band vaqtim o'tgan fikrlar. Hammaning o'zi uchun foydali va foydasiz narsasi bor. Ammo umum uchun foydali narsalar haqida ham unutmaylik!
Etiboringiz uchun raxmat!

Ayni vaqt: 22-35.

вторник, 9 сентября 2014 г.

Hamkorlik


                    Mana blogni ham ishga tushirib oldik. Endi u bilan ishlashni to'liq o'rganib olishimiz, bo'limlarini tartibga keltirib olishimiz va maqolalar yozishni mashq qilib olishimiz kerak. Blogimizda hozircha tilshunoslik.. ijtimoiy.. ilmiy.. iqtisod.. garoyibot.. ibrat.. kabi bo'limlar bo'lishi hozirdan ma'lum qolganini maslahatlashib tashkillashtiramiz. Axirbuyuk ishlar kengash bilan chiroyliyu mukammal bitadiku. Blogimizga o'zimizdan tashqari qadrdon do'stlarimiz Elmurod(Samimiy), Parizoda(Atirgul), orzulari osmon Sitora, Maxmudbek va Jamoliddin( Bruse lee ) teng huquqli hamkor bo'lib o'z ijodlari, topilmalari bilan bajonudil ishtirok etadilar.  Oramizdan Samimiy, Atirgul Mexribonular oliy o'quv yurti talabalari. 21-asr axborot asri. Shunday ekan bizlar ham bu asrda o'zimizning o'rnimiz uchun kurash boshladik deb bemalol ayta olamiz. Biz bugundan boahlab bor kuchimiz bilan harakatni boshlaymiz. Qani, darajamiz qanda ekan. Endi doim birga faol harakat qilamiz.
  ¤¤¤ Barcha bloggerlarning faoliyatiga omad tilab qolamiz!!!¤¤¤      
                                   Hurmat bilan M&M 

Dunyoning barcha ilmga chanqoq insonlarga assalomu alaykum...