Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

Поиск по этому блогу

понедельник, 29 сентября 2014 г.

Insho va hayot

   
Ayrimlarga qiziq tuyulishi mumkin,ayrimlar yozganlarimni o'qimasdan ham nima demoqchi ekanimni tushunar lekin men hayotni doim inshoga o'xshataman. Insho va hayot ko'p tonomlama bir biriga o'xshash tushunchalar. Quyida men nima demoqchi ekanimni tushuntirishga harakat qilaman.
     Barchamiz bolaligimizda maktabda insho yozganmiz. Insho quyidagi qismlardan iborat bo'ladi:
     1) Insho mavzusi
     2) Insho rejasi
     3) Insho uchun epigraf
     4) Kirish
     5) Asosiy qism
     6)Xulosa...
            (va albatta muallim bahosi)
     Endi uning hayotga o'xshash tomonlari va hayotimizda undan o'rganish kerak bo'lgan tomonlar haqida ikki og'iz fikrlashsak. Insho mavzusi: inshoni tizimlashtiruvchi asosiy unsur. Usiz yozilgan insholar eng past bahoga ham arzimaydi. Hayotda ham ma'lum maqsad qo'yilmay harakat qilish yuqoriroq cho'qqilarga olib kelmaydi. Hayot tartibsiz ko'rinish oladi.
    Insho epigrafi(maqol bayt, misra, hikmatli so'z) yana bir muhim unsur. Unda inshodagi asosiy g'oya, mazmun ochib beriladi.  Inshoni chiroyli qiladi. O'z hayotingizda ham maqsad sari yo'lda ma'lum qoida yaratib olsangiz va unga doim amal qilsangiz hayotingiz yanada chiroyli bo'ladi.
     Inshodagi keyingi qismlar kirish, asosiy qism va xulosa. Hayotda kirish qism bu mustaqil hayotga kirganimizda boshlanadi. Bu taxminan oliy o'quv yurtiga kirgan davrga to'g'ri keladi. Hayotdagi asosiy qism bu ish faoliyati davriga to'g'ri keladi. Va, nihoyat, keksalik davrida hayotda ko'rganlarimizdan xulosa chiqaramiz. Faqat biz emas hayot inshomizni ko'rgan hamma atrofimizdagilar xulosa chiqaradi.
     Yakunda esa oliy hakam, haqiqiy muallimimiz "hayot insho"mizni baholaydi. Bu baho qanday bo'lishi o'z qo'limizda. Baho bizni jarga qulatmasligi uchun hozirdan o'zimizni ortiqcha bekorchi amallardan tiyishimiz kerak. Bor kuchimiz bilan hayot xatolarimizdan xulosa chiqarishimiz kerak(Bu gaplar birinchi navbatda o'ziga ham tegishli ekanini yuqoridagi matn  muallifi unutmasin!!! O'zimga gapirdim).
     Hayot nomli inshoni mazmunli yozish uchun harakatni hozirdan boshlang!!!
               Etiboringiz uchun rahmat!!!
   
   

Комментариев нет:

Отправить комментарий